«Barselona» va Ispaniya milliy jamoasi markaziy himoyachisi Pau Kubarsi Transfermarkt talqiniga ko‘ra dunyoning eng qimmat himoyachisiga aylandi.
JCh-2026 yakunlaridan so‘ng portal 19 yoshli futbolchining transfer qiymatini 20 million yevroga oshirdi. Natijada Kubarsining bozor narxi 100 million yevroga yetdi va u bu ko‘rsatkich bo‘yicha Fransiya milliy jamoasi hamda «Arsenal» himoyachisi Vilyam Saliba bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Yosh nuqtai nazaridan kelib chiqib Pau yuqori o'rinda qayd etilgan.
Avvalroq FIFA Pau Kubarsini JCh-2026ning eng yaxshi yosh futbolchisi deb e'tirof etgandi.
Ispaniyalik himoyachi mundialdagi 8 ta bahsning barchasida maydonga tushdi. U gol yoki golli uzatma qayd etmagan bo‘lsa-da, Ispaniya himoya chizig‘ining ishonchli o‘yini bilan ajralib turdi. Jamoa turnir davomida atigi 1 ta gol o‘tkazib yubordi va finalda Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, jahon chempioniga aylandi.
Qayd etish joiz, Kubarsi atigi 19 yoshida jahon chempionligi, mundialning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini va dunyoning eng qimmat himoyachisi maqomiga erishdi. Bu esa uning jahon futbolidagi eng istiqbolli himoyachilardan biri ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi