Bugun
7
O'zbek

Xavi: «De Yong — eng kam qadrlanadigan futbolchilardan biri»

Futbol
9 noyabr, 23:15
    17
Niderlandiya bosh murabbiyi Frenkining imkoniyatlari yetarlicha baholanmayotganini ta’kidladi.
Xavi: «De Yong — eng kam qadrlanadigan futbolchilardan biri»
Foto: Getty Images

Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Xavi Ernandes «Barselona» yarimhimoyachisi Frenki de Yongning imkoniyatlari jurnalistlar va muxlislar tomonidan yetarlicha baholanmayotganini ta’kidladi.

«De Yong eng kam qadrlanadigan futbolchilardan biri. Lekin murabbiylar va jamoadoshlari uchun emas, aynan sizlar uchun. U bilan birga o‘ynaydiganlardan so‘rang, Frenkini eng yaxshi yarimhimoyachi deb atashadi.

Sizlar uni har kuni mashg‘ulotlarda ko‘rmaysiz, faqat o‘yinlarini kuzatasiz. Ko‘pchilik taktik jihatlarni tushunmaydi.

Frenki esa ko‘plab taktik vazifalarni bajaradi, hujum va himoyada jamoasiga ustunlik yaratadi», — dedi Xavi.

Ma’lumot o‘rnida, ispaniyalik mutaxassis avgust oyida Niderlandiya milliy jamoasi boshqaruvini qabul qilgan. U avval «Barselona»da de Yong bilan birga ishlagan.

Qayd etish lozim, Niderlandiya milliy jamoasi 13-noyabr kuni Millatlar Ligasi doirasida Gretsiya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Niderlandiya Niderlandiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

17 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar