Ispaniya milliy jamoasi va "Barselona" vingeri Lamin Yamal 2026 yildagi Jahon chempionati finalidan keyin Lionel Messi bilan bo'lgan suhbati haqida gapirdi.
Jahon chempionati finalida Ispaniya qo'shimcha bo'limlarda Ferran Torres urgani gol evaziga Argentinani 1:0 hisobida mag'lub etdi.
Final hushtagi chalingach, Yamal Messi oldiga borib, u bilan qo'l berib ko'rishdi va samimiy quchoqlashdi.
"Agar bir necha yil avval kimdir menga Leo Messiga qarshi o'ynab, Jahon chempionligini qo'lga kiritishimni aytganda, uni aqldan ozgan deb o'ylardim.
U — futbol tarixidagi eng buyuk o'yinchi va men doimo unga havas bilan qaraganman. O'yindan keyin unga bo'lgan hurmatimni izhor qildim. Messi esa menga o'z yo'limdan borishimni, kelajak bizning avlod qo'lida ekanini aytdi. Bu so'zlar bo'ynimdagi oltin medal kabi qadrli", — deya Yamalning so'zlarini keltiradi Marca.
Yamal: "Messining finaldan so'ng aytgan gaplari bo'ynimdagi medal kabi qadrli"
Futbol
22 iyul, 12:26
Ispaniyalik vinger argentinalik afsona bilan bo'lgan suhbatini gapirdi.
Foto: Getty Images