Live
2
O'zbek

Superliga. OKMK yirik hisobda g‘alaba qozondi, «Mash’al» va «Nasaf» durang o‘ynadi, «Lokomotiv» hamda «Andijon» ham murosa ko‘chasini tanladi

Futbol
22 iyul, 13:03
13-turdan o‘rin olgan uch bahsda jami 15 ta gol urildi.
Superliga. OKMK yirik hisobda g‘alaba qozondi, «Mash’al» va «Nasaf» durang o‘ynadi, «Lokomotiv» hamda «Andijon» ham murosa ko‘chasini tanladi
Foto: PFL
22.07.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent 3 : 3 Andijon Andijon

O‘zbekiston Superligasi 13-turidan o‘rin olgan bahslarda OKMK safarda «Qo‘qon-1912»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. «Mash’al» va «Nasaf» 1:1 hisobida durang qayd etgan bo‘lsa, «Lokomotiv» hamda «Andijon» o‘rtasidagi bahs 3:3 hisobida yakunlandi.

OKMK safida Asadbek Sobirjonov dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Nodirbek Abdurazzoqov va Siavash Haqnazari ham bittadan gol urdi. «Qo‘qon-1912»ning yagona goliga Ibrohim Yo‘ldoshev mualliflik qildi.

Qarshidagi bahsda «Mash’al» Straxinya Boshnyakning goli bilan oldinga chiqdi. Biroq Sardor Bahromov birinchi bo‘limning o‘zida muvozanatni tikladi va jamoalar ochkolarni bo‘lishib oldi.

Toshkentda kechgan sermahsul bellashuvda «Lokomotiv» ikki to‘p farqi bilan oldinga chiqib olganiga qaramay, «Andijon» kambek amalga oshirdi. Yakunda tomonlar 3:3 hisobidagi durangga rozi bo‘ldi.

Mazkur natijalardan so‘ng OKMK 22 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarildi. «Lokomotiv» 19 ochko bilan 7-o‘rinda, «Nasaf» 18 ochko bilan 8-o‘rinda, «Andijon» 17 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda. «Mash’al» esa 4 ochko bilan turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida qoldi.

Superliga. 13-tur
Qo‘qon-1912 - OKMK 1:4
Gollar:
Sobirjonov 47 (0:1), Abdurazzoqov 55 (0:2), Sobirjonov 59 (0:3), Yo‘ldoshev 66 (1:3), Haqnazari 74 (1:4).

Qo‘qon-1912: Rahimjon Davronov, Jasurbek Yoqubov (Ibrohim Yo‘ldoshev, 45), Alisher Salimov, Javohir Sidiqov, Shota Gvazava (G‘ulom-Haydar G‘ulomov, 62), Shohruh Gadoyev (Javohir Husanov, 62), Shahzod Akramov, Iqboljon Malikjonov, Toma Tabatadze (Muhammadanas Hasanov, 62), Andro Giorgadze, Egor Kondratyuk (Shohruh Mahmudxo‘jayev, 76).
OKMK: Javohir Ilyosov, Giorgi Papava, Avazbek O‘lmasaliyev (Shahzod Toirov, 77), Dilshodbek Ahmadaliyev, Abubakr Rizo Turdialiyev, Aziz Xolmurodov, Asadbek Sobirjonov (Ivan Peshich, 77), Hazratjon Tursunqulov (Nodirbek Abdurazzoqov, 46), Saidafzalxon Ahrorov, Abror Karimov, Siavash Haqnazari.

Mash’al - Nasaf 1:1
Gollar:
Straxinya Boshnyak 18 (1:0), Sardor Bahromov 39 (1:1).

Mash’al: Dostonbek To‘xtaboyev (Vladislav Rusanov, 46), Zafarbek Akramov, Straxinya Boshnyak, Sardor Abduraimov, Ibrohim G‘anixonov (Izzatillo Abdulhaqov, 61), Humoyun Murtozayev (Mahmud Jo‘raboyev, 69), Ilhomjon Abdig‘aniyev (Komil Tojiddinov, 61), Toxir To‘xtasinov, Ergash Ismoilov, Sherzod Fayziyev, Farruh Ibrohimov (Drago Bumbar, 46).
Nasaf: Abduvohid Ne’matov, Akrom Komilov (Dilshod Murtazayev, 77), G‘olib G‘aybullayev (Quvonchbek Xushvaqtov, 81), Sardor Bahromov (Bekjon Rahmatov, 77), Adenis Shala (Alibek Davronov, 71), Zafarmurod Abdiraxmatov, Bobir Abdixoliqov, Sharof Muhitdinov, Oybek Rustamov, Murodbek Rahmatov (Davron Usmonov, 81), Umar Eshmurodov.

Lokomotiv - Andijon 3:3
Gollar:
Abdulloh Yo‘ldoshev 43 (1:0), Sardor Mirzayev 53 (2:0), Aleksandre Androkinashvili 68 (2:1), Dragan Cheran 72 (2:2), Nikolay Ivanov 79 (3:2), Hamidullo Karimov 89 (3:3).

Lokomotiv: Aleksey Kozlov, Suhrob Nurulloyev, Shodiyor Shodiboyev (Jasurbek Yaxshiboyev, 83), Temurxo‘ja Abduxoliqov, Sardor Mirzayev, Aleksandr Kucherenko, Diyorjon Turopov, Abdulloh Yo‘ldoshev, Shuhrat Muhammadiev, Oleg Zoteyev, Yovan Nishich (Nikolay Ivanov, 75).
Andijon: Eldor Adhamov, Abdulvohid G‘ulomov (Dragan Cheran, 46), Aleksandre Androkinashvili, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, Humoyunmirzo Iminov, Nemanya Chalasan, Islom To‘xtaxo‘jayev, Usmonali Ismonaliyev, Muhammadkarim Toirov, Bekzod Sulaymonov (Hamidullo Karimov, 89), Mahmudjon Mahamadjonov.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent
  • Andijon Andijon
  • ОКМК ОКМК
  • Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi
  • Mash'al Mash'al
  • Ko'proq ko'rsatish
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar