Live
2
O'zbek

Shaxboz Jo‘raev va Samandar Ochilov «Mash’al»ni tark etdi

Futbol
21 iyul, 05:06
Tomonlar mehnat shartnomalarini o‘zaro kelishuv asosida bekor qildi.
Shaxboz Jo‘raev va Samandar Ochilov «Mash’al»ni tark etdi
Foto: Mash'al FK

«Mash’al» futbol klubi Shaxboz Jo‘raev va Samandar Ochilov bilan tuzilgan mehnat shartnomalari o‘zaro kelishuv asosida bekor qilinganini rasman e'lon qildi.

Har ikki futbolchi klub safida ko‘p yillar davomida to‘p surib, mehnatsevarligi, fidoyiligi va jamoaga sadoqati bilan muxlislar e'tiborini qozongan. Ular «Mash’al» sharafini munosib himoya qilib, jamoaning erishgan natijalariga salmoqli hissa qo‘shgan.

Klub rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va muxlislar nomidan Shaxboz Jo‘raev hamda Samandar Ochilovga klub rivojiga qo‘shgan hissasi, halol mehnati va fidokorona xizmatlari uchun minnatdorlik bildirildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Mash'al Mash'al
Bugungi yangiliklar