"Mash'al" tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda. Jamoa himoyachilar Tohir To'xtasinov hamda Farrux Ibrohimov bilan shartnoma imzoladi.
22 yoshli To'xtasinov asosan chap qanot himoyachisi sifatida harakat qiladi. U faoliyati davomida "So'g'diyona" sharafini himoya qilgan hamda O'zbekiston U20 yoshlar jamoasi safida 4 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Ibrohimov esa markaziy himoyachi sifatida o'ynaydi. So'nggi mavsumlarda u "Xorazm" sharafini himoya qilib kelgan.