Bugun
8
O'zbek

JCH-2026. Messining assistlari evaziga Argentina Angliyani mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi

Futbol
15 iyul, 17:09
Janubiy amerikaliklar 85-daqiqagacha ortda borayotgan bahsda superkambek amalga oshirib, final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
JCH-2026. Messining assistlari evaziga Argentina Angliyani mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi
Foto: Getty Images
15.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Angliya Angliya 1 : 2 Argentina Argentina

JCH-2026. Messining assistlari evaziga Argentina Angliyani mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi

Janubiy amerikaliklar 85-daqiqagacha ortda borayotgan bahsda superkambek amalga oshirib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Jahon chempionatining yarimfinal bosqichida Argentina milliy jamoasi Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, ketma-ket ikkinchi marta mundial finaliga yo‘l oldi.

Bellashuvning 55-daqiqasida Entoni Gordon hisobni ochib, Angliyani oldinga olib chiqdi. Biroq bahsning so‘nggi daqiqalarida Lionel Messi jamoasini qutqaruvchi rolini bajardi. Avvaliga u 85-daqiqada Enso Fernandesga golli uzatma berib, hisobni tenglashtirdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 90+2-daqiqada Messining yana bir assistidan so‘ng Lautaro Martines g‘alaba goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa, Argentina finalda avvalroq Fransiyani mag‘lub etgan Ispaniya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

JCH-2026. Yarimfinal
Angliya – Argentina 1:2
Gollar:
Gordon 55 – Enso Fernandes 85, Lautaro Martines 90+2.

Angliya: Pikford, Gehi, Stounz (Ayvan Toni, 90+6), Ris Jeyms (Daniel Byorn, 82), Spens (Markus Reshford, 90+6), Deklan Rays (Niko O'Rayli, 83), Elliot Anderson, Bellinghem, Morgan Rojers, Entoni Gordon (Ezri Konsa, 72), Harri Keyn.
Argentina: Emiliano Martines, Nauel Molina (Gonsalo Montyel, 73), Kristian Romero, Lisandro Martines (Nikolas Otamendi, 73), Nikolas Talyafiko (Lautaro Martines, 81), Enso Fernandes, Aleksis Mak Allister, Leandro Paredes (Nikolas Gonsales, 64), Lionel Messi, Xulian Alvares, Xuliano Simeone (Rodrigo De Paul, 72).
Ogohlantirishlar: Elliot Anderson 37, Lisandro Martines 42, Kristian Romero 51, Rodrigo De Paul 90+4.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

405+ izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar