Jakarta shahrida boks boʻyicha Osiyo chempionatining qizlar oʻrtasida U-23 yosh toifasidagi bellashuvlari ham yakunlandi.
MOQ matbuot xizmati yozishicha, qiziqarli bahslar yakunida o'zbekistonlik qizlar 6 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi hamda ushbu yosh toifasida ham umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi.
🥇 Oltin medal:
-51 kg: Gulsevar G'aniyeva
-57 kg: Humorabonu Mamajonova
-60 kg: Muhtaribonu Ibrohimjonova
-65 kg: Sevinch Xurramova
-80 kg: Ruxshona Parpiyeva
+80 kg: Sobiraxon Shaxobiddinova
🥈 Kumush medal:
-70 kg: Rayhona Qurbonboyeva
🥉 Bronza medal:
-54 kg: Uzukjamol Yunusova
-75 kg: Oysha Toirova
Avvalroq U-19 toifasida ham oʻzbekistonlik qizlar tengsiz boʻlishgandi.
Boks. Oʻzbekiston U-23 qizlar jamoasi ham Osiyo chempionatida tengsiz boʻldi
Boks
15 iyul, 15:35
6 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali qo'lga kiritildi.
Foto: Olympic uz