Indoneziya poytaxti Jakarta shahri mezbonlik qilayotgan boks boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida U-19 yosh toifasidagi qizlar bellashuvlari yakunlandi.
MOQ matbuot xizmati yozishicha, oʻzbekistonlik qizlar 10 ta vazn toifasining 8 tasida ishtirok etishganiga qaramay, 4 ta oltin va 2 ta kumush medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi.
🥇 Oltin medal:
-54 kg: Sabrina Chaqomanova
-60 kg: Sevara Mamatovada
-65 kg: Rushanabonu Isoyeva
-75 kg: Samira Turgʻunova
🥈 Kumush medal:
-51 kg: Nazokat Mardonova
-70 kg: Maftuna Yangiyeva
Boks. Oʻzbekiston U-19 qizlar jamoasi Osiyo chempionatida birinchi boʻldi
Boks
15 iyul, 10:45
8 ta vaznda 4 ta oltin va 2 ta kumush medal qoʻlga kiritildi.
Foto: Olympic uz