Live
1
O'zbek

“Barsa” va “Yuventus” sobiq yarimhimoyachisi Artur Neymarning jamoadoshiga aylandi

Futbol
31 avgust, 17:21
30 yoshli futbolchi vatanida oʻynaydi.
“Barsa” va “Yuventus” sobiq yarimhimoyachisi Artur Neymarning jamoadoshiga aylandi
Foto: Santos

“Barselona”, “Yuventus” va “Liverpul”ning sobiq yarimhimoyachisi Artur Braziliyaga qaytdi.

21 avgust kuni “Yuventus” 30 yoshli braziliyalik bilan kelishuvni bekor qilgandi.

31 avgust kuni esa Artur Neymar oʻynaydigan “Santos” bilan 2026 yil oxirigacha shartnoma imzoladi.

Maʼlumot uchun, Turin klubi Arturni 2020 yilda “Barselona”dan 80 million yevroga sotib olgandi.

Yarimhimoyachi oʻtgan mavsumni “Gremio”da ijarada oʻtkazdi. 2022 yildan buyon u “Liverpul”, “Fiorentina” va “Jirona” jamoalarida ham ijarada oʻynagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Santos FC Santos FC
  • Braziliya A seriyasi Braziliya A seriyasi
Bugungi yangiliklar