«Yuventus» «Lion» chap qanot himoyachisi Nikolas Taliafikoni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
Turin klubi transfer oynasi yopilishidan oldin himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Biroq avval Xuan Kabal bilan bog‘liq vaziyatni hal qilishi kerak. Kolumbiyalik futbolchiga «Atalanta» qiziqish bildirmoqda.
33 yoshli Taliafiko yuqori saviyadagi bahslarda katta tajribaga ega. Argentinalik futbolchi faoliyati davomida «Ayaks», «Banfield», «Independiente» va «Mursiya» klublarida ham to‘p tepgan. U Argentina milliy jamoasi safida 2022 yilgi jahon chempioni bo‘lgan.
Transfermarkt Taliafikoning bozor qiymatini 4 mln yevroga baholamoqda.