«Vest Hem Yunayted» himoyachisi Jan-Kler Todibo «Lans»ga o‘tishga yaqin. Bu haqda RMC Sport xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klublar futbolchini sotib olish huquqisiz ijara asosida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Todibo transfer oldidan «Lans» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.
Avvalroq himoyachiga «Marsel» ham qiziqish bildirgan, biroq Provans klubi moliyaviy muammolar sabab transferni amalga oshira olmagan.
Todibo o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 25 ta bahsda maydonga tushdi. Transfermarkt uning bozor qiymatini 22 mln yevroga baholamoqda.
29 yoshli futbolchi faoliyati davomida «Tuluza», «Barselona», «Shalke-04», «Benfika» va «Nitssa» klublari safida ham o‘ynagan.
Eslatib o‘tamiz, «Lans» o‘tgan mavsum Liga 1da ikkinchi o‘rinni egallagan.