«Liverpul» himoyachisi va sardori Virjil van Deyk jamoadoshi Kodi Gakponing klubdan ehtimoliy ketishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Gakpo — yuqori saviyadagi futbolchi. Menimcha, biz jamoada sifatli futbolchilarni saqlab qolishimiz kerak.
Kelgusi bir necha kun ichida nima bo‘lishini ko‘ramiz. Men uning nafaqat yuqori saviyadagi futbolchi bo‘lgani uchun, balki do‘stim bo‘lgani uchun ham klubda qolishini xohlayman.
U biz uchun juda muhim», — dedi van Deyk. Avvalroq «Manchester Siti» Gakpo bilan kelishuvga erishgani ma’lum qilingandi.