Live
8
O'zbek

Anchelotti va Tuxel «Chelsi» — «Brayton» uchrashuvini birga kuzatmoqda

Futbol
30 avgust, 10:10
Ikkala mutaxassis ham faoliyati davomida «Chelsi» bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan.
Anchelotti va Tuxel «Chelsi» — «Brayton» uchrashuvini birga kuzatmoqda
Foto: Getty Images
30.08.2026 FT Angliya Premer-ligasi Chelsi Chelsi 4 : 3 Brayton Brayton

Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti va Angliya milliy jamoasi ustozi Tomas Tuxel APL doirasidagi «Chelsi» — «Brayton» uchrashuvini birga kuzatmoqda.

Mutaxassislar «Stemford Brij» stadionida yonma-yon o‘tirib, jamoalar o‘yinini tomosha qilmoqda. Qayd etish lozim, Anchelotti ham, Tuxel ham faoliyati davomida «Chelsi»ni boshqargan.

Ma’lumot o‘rnida, «Chelsi» va «Brayton» ayni damda Londonda o‘zaro bahs olib bormoqda. Birinchi taymdan so‘ng Xabi Alonso shogirdlari 3:1 hisobida oldinda bormoqda.

Avvalroq Anchelotti hozirgi Braziliya futbolchilari to‘p nazoratiga asoslangan futbolga mos emasligi haqida gapirib o‘tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Brayton Brayton
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar