Live
6
O'zbek

Emiliano Martines «Chelsi»ga o‘tganidan so‘ng taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

Futbol
30 avgust, 05:28
Argentinalik darvozabon London klubida muvaffaqiyat qozonishni maqsad qilganini aytdi.
Emiliano Martines «Chelsi»ga o‘tganidan so‘ng taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi
Foto: Getty Images

33 yoshli Emiliano Martines «Aston Villa»dan «Chelsi»ga o‘tganidan so‘ng yangi jamoasidagi ilk taassurotlari haqida gapirdi. 2022 yilgi jahon chempioni «Chelsi» bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.

«Bu futbol klubida ekanimdan juda xursandman. «Chelsi»ga o‘tish men va oilam uchun oson qaror bo‘ldi. Juda xursandman va ish boshlashni sabrsizlik bilan kutyapman.

Bu yerda muvaffaqiyatga erishmoqchiman. Men qilayotgan har bir ishimda g‘alaba qozonishga intilaman va bu ruhiyatni shu yerga olib kelmoqchiman. Chunki «Chelsi» sovrinlar yutadigan klub va menimcha, bu yaxshi uyg‘unlik.

Men ishtiyoq bilan harakat qilaman va butun qalbimni o‘yinga bag‘ishlayman. Har bir bahsda, har bir mashg‘ulotda 100 foiz kuchimni beraman. Klub, jamoadoshlarim va muxlislar men bilan faxrlanishlari uchun borimni beraman», — dedi Martines klub matbuot xizmatiga.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Aston Villa Aston Villa
Bugungi yangiliklar