Live
6
O'zbek

Risharlison «Everton»ga qaytmoqda

Futbol
30 avgust, 06:35
Ndiaye esa London klubiga yo‘l oladi.
Risharlison «Everton»ga qaytmoqda
Foto: Getty Images

«Everton» yarimhimoyachisi Iliman Ndiaye faoliyatini «Tottenhem»da davom ettiradi. Bu haqda insayder Devid Ornshteyn xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klublar futbolchi transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Shu bilan birga, qarama-qarshi yo‘nalishda «Tottenhem» hujumchisi Risharlison «Everton»ga o‘tadi.

Bu futbolchilar almashinuvi emas, balki ikki alohida transfer bo‘ladi. Bitimlarni rasmiylashtirish futbolchilarning shaxsiy shartlari va tibbiy ko‘rik natijalariga bog‘liq.

Ma’lumot uchun, «Everton» APLda 4 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. «Tottenhem» esa ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan so‘ng turnir jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Everton Everton
Bugungi yangiliklar