«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi. Bu haqda Diario AS xabar berdi.
Bungacha argentinalik forvard o‘zini yomon his qilgani sababli chorshanba, payshanba va juma kungi mashg‘ulotlarda ishtirok etmagandi. Juma kuni u Mahadaondа jismoniy tayyorgarlik mutaxassisi bilan individual tarzda shug‘ullangan, yakshanba kuni esa jamoa bilan birga mashg‘ulotga qaytgan.
Shu bilan birga, Alvaresning kelajagi hali ham noaniqligicha qolmoqda. Uning «Barselona»ga o‘tish varianti allaqachon rad etilgan, «Arsenal» esa futbolchiga qiziqishda davom etmoqda. Biroq Alvares Angliyaga qaytishga ishonch bilan qaramayapti.
Shuningdek, Xulian La Liganing 3-turida «Sevilya»ga qarshi o‘yinni (3:1) o‘tkazib yubordi. Yangi mavsumda u hozircha faqat bir uchrashuvda maydonga tushib, gol yoki assist amalga oshirmadi.