Live
11
O'zbek

Flik: «Barselona» tarkib borasida bosim ostida emas»

Futbol
30 avgust, 08:24
Kataloniya klubi transfer oynasi yopilguniga qadar yangi futbolchi xarid qilishi mumkin, biroq bu majburiy emas.
Flik: «Barselona» tarkib borasida bosim ostida emas»
Foto: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoa yozgi transfer oynasi yakuniga qadar yana kuchaytirilishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

«Men jamoamdan mamnunman, tarkibimizdan juda ham mamnunman. Deku transferlar ustida ishlamoqda. Agar u jamoani kuchaytira olsa, aynan shu bilan shug‘ullanadi. Ammo bizga hech qanday bosim yo‘q. Gap faqat yanada kuchli bo‘la olishimiz haqida», — dedi Flik.

Avvalroq germaniyalik mutaxassis «Barselona» yangi markaziy hujumchi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytgandi. Biroq klub futbolchi xarid qilish uchun har qanday shartga rozi bo‘lishni istamayapti.

OAVda kataloniyaliklar «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresni qo‘lga kiritmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan. Ammo Madrid klubi argentinalik futbolchini «Barselona»ga sotishni istamayapti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar