Xitoyning Tayyuan shahrida taekvondo WT bo‘yicha «World Taekwondo Women’s Open Championships» turniri o‘z yakuniga yetdi.
Musobaqaning so‘nggi kunida hamyurtimiz Shabbona Abduvaliyeva -57 kg vazn toifasida tatamiga chiqib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston milliy jamoasi ushbu musobaqani 2 ta bronza medali bilan yakunladi.
Turnirning dastlabki kunida Iroda Mirtojiyeva (+73 kg) ham bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.