Live
12
O'zbek

«Galatasaroy» Leauning maoshini ma’lum qildi

Futbol
30 avgust, 08:43
Turkiya klubi portugaliyalik futbolchi bilan 2030 yilgacha shartnoma imzoladi.
«Galatasaroy» Leauning maoshini ma’lum qildi
Foto: Getty Images

«Galatasaroy» «Milan» hujumchisi Rafael Leau transferini rasman e’lon qildi. Klub kelishuvning moliyaviy tafsilotlarini ham ochiqladi.

Transfer uchun turkiyaliklar «Milan»ga 38 mln yevro to‘laydi. Shuningdek, italiyalik klub futbolchining keyingi transferidan olinadigan foydaning 20 foiziga ega bo‘ladi.

27 yoshli Leau «Galatasaroy» bilan 2030 yilgacha shartnoma imzoladi. Portugaliyalik futbolchining kafolatlangan yillik maoshi 10 mln yevroni tashkil etadi.

Leau 2019 yildan buyon «Milan» safida to‘p tepib kelayotgan edi. U Italiya klubi bilan mamlakat chempionligi va Superkubok sohibiga aylangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Galatasaray Galatasaray
Bugungi yangiliklar