«Milan» vingeri Rafael Leau faoliyatini «Galatasaray»da davom ettiradi.
Insayder Janluka Di Marsio ma’lumotiga ko‘ra, «Aston Villa» klubi portugaliyalik futbolchiga yiliga 7,5 million yevro taklif qilgan, ammo bu summa futbolchini qoniqtirmagan.
Turkiyada Leau yiliga 10 million yevro va qo‘shimcha bonuslar oladi. Jurnalist Yagiz Sabunjuog‘luning ma’lum qilishicha, futbolchining Turkiya klubidagi 12 million yevro va bonuslarni tashkil etishi mumkin. Leauning «Galatasaray» bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallanadi.
Eslatib o‘tamiz, Rafael yaqin soatlarda Turkiyaga uchib keladi va yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.