Bugun
43
O'zbek

«Milan» va «Galatasaroy» Leau transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi (Romano)

Futbol
27 avgust, 02:20
Turkiya klubi futbolchi uchun bonuslardan tashqari 45 mln yevro to‘laydi.
«Milan» va «Galatasaroy» Leau transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi (Romano)
Foto: Getty Images

«Milan» va «Galatasaroy» portugaliyalik vinger Rafael Leau transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Turkiya klubi futbolchi uchun bonuslardan tashqari 45 million yevro to‘laydi. Shuningdek, bitimga bonuslar ham kiritilgan.

Transfer tafsilotlari bo‘yicha muzokaralar bugun, 27 avgust kuni davom etadi. Qayd etilishicha, yakuniy qaror futbolchining o‘ziga bog‘liq. Chunki unda va Italiya klubida «Aston Villa»ning ham taklifi bor.

Avvalroq «Milan» va «Fenerbahche» Leau transferi bo‘yicha kelishuvga erisha olmagani ma’lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Galatasaray Galatasaray
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar