Bugun
43
O'zbek

O‘zbekiston Superkubogi — 2026 uchrashuvi chiptalari «Humo Arena» kassalariga chiqarildi

Boshqa sportlar
27 avgust, 03:19
Sotuv allaqachon boshlangan.
O‘zbekiston Superkubogi — 2026 uchrashuvi chiptalari «Humo Arena» kassalariga chiqarildi
Фото: Ўзбекистон футзали

2026/2027-yilgi O‘zbekiston Superkubogi BMB PFC – SQB PFC jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv haqiqiy futzal bayramiga aylanishi kutilmoqda. So’nggi mavsumning eng murosasiz raqiblari o’rtasidagi yangi to’qnashuv futzal ishqibozlariga unutilmas, hayajonli lahzalarni tortiq etishi barobarida, jahon futboli afsonalarining ishtirokida o’tishi bilan ham yodda qolishi kutilmoqda.

Ular O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvini bevosita «Humo Arena»da kuzatib, g‘olib hamda sovrindorlarni taqdirlash marosimida ishtirok etishadi.

O'zbekistonga kelayotgan jahon futboli afsonalari: Darvozabon – 🇧Julio Cesar. Himoyachilar – Marco Materazzi, Jérôme Boateng, Míchel Salgado, Cristian Zaccardo. Yarim himoyachilar – Esteban Cambiasso, Ricardo Quaresma, Wesley Sneijder, Oscar. Hujumchilar – Kevin Kurányi, Vincenzo Iaquinta bor.

Eslatib o'tamiz: O‘zbekiston Superkubogi — 2026 uchrashuviga chiptalar «Humo Arena» kassalarida tarqatilmoqda.

Bugungi yangiliklar