2026/2027 yilgi Chempionlar Ligasi liga bosqichining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi.
Turnirda 36 ta klub ishtirok etadi. Jamoalar savatlarga quyidagicha taqsimlandi:
— 1-savat: «PSJ», «Bavariya», «Real», «Liverpul», «Inter», «Manchester Siti», «Arsenal», «Barselona», «Atletiko»;
— 2-savat: «Borussiya D», «Roma», «Sporting», «Aston Villa», «Portu», «Manchester Yunayted», «Bryugge», «Betis», PSV;
— 3-savat: «Feyenoord», «Lill», «Bude-Glimt», «Napoli», «Leypsig», «Vilyarreal», «Fenerbahche», «Shaxtyor», «Galatasaroy»;
— 4-savat: «Slaviya», «Shtutgart», AEK, LASK, «Komo», «Lans», «Viking», «Sabah», «Slovan».
Ma’lumot o‘rnida, Chempionlar Ligasi liga bosqichiga qur’a tashlash marosimi bugun, 27 avgust kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi