Bugun
20
O'zbek

LASK oʻz tarixida ilk bor YCHLga chiqdi

Futbol
25 avgust, 23:46
Klub eng yuqori darajali evrokubokda oʻynaydigan Avstriyaning beshinchi jamoasiga aylandi.
LASK oʻz tarixida ilk bor YCHLga chiqdi
Foto: Getty Images
25.08.2026 AET Chempionlar ligasi LASK LASK 5 : 1 Celtic Celtic

Avstriyaning LASK klubi oʻz tarixida ilk bor Chempionlar ligasining asosiy bosqichiga yoʻl oldi.

Ditmar Kyubauer boshchiligidagi jamoa pley-off saralashi soʻnggi bosqichining birinchi bahsida safarda Martin O'Nill boshqarayotgan «Seltik»ka 0:3 hisobida yirik magʻlub boʻlgandi. 25 avgust kuni jamoa esa oʻz maydonida shotlandiyaliklarni 5:1 hisobida tor-mor etdi. 90-daqiqada yarimhimoyachi Florian Flekker gol urib, bellashuvni qo'shimcha boʻlimlarga olib oʻtdi.

Shu tariqa, LASK Avstriyadan Chempionlar ligasining asosiy bosqichiga chiqqan beshinchi jamoaga aylandi. Bunga qadar «Zaltsburg», «Rapid», «Shturm» va «Austriya» eng yuqori darajali evrokubokda oʻynagandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • LASK LASK
  • Celtic Celtic
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar