Bugun
20
O'zbek

«Yuventus» Grabara transferini e'lon qildi

Futbol
25 avgust, 23:00
Polshalik posbon Bundesliqa klubidan ijaraga olindi.
«Yuventus» Grabara transferini e'lon qildi
Foto: Juventus FC

«Yuventus» «Volfsburg» darvozaboni Kamil Grabara bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Turin klubi Polsha milliy jamoasining 27 yoshli darvozabonini 500 ming yevro evaziga ijaraga oldi. Yana 300 ming yevro bonuslar sifatida «bo'rilar»ga to'lanishi mumkin. Qo'shimcha xarajatlar 200 ming yevroni tashkil etdi.

Shartnomada «Yuventus»ning Grabarani 11,5 mln yevroga sotib olish huquqi ham ko'zda tutilgan. Ushbu qiymat uch yil davomida to'lanadi.

O'tgan mavsumda Grabara Bundesligada 34 ta bahsda maydonga tushib, har bir o'yinda o'rtacha 2,03 tadan to'p o'tkazib yuborgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar