Live
9
O'zbek

Yildiz 2 oyga safdan chiqdi — manba

Futbol
24 avgust, 13:14
«Yuventus» vingeri A Seriyaning ilk turidayoq jarohat oldi.
Yildiz 2 oyga safdan chiqdi — manba
Foto: Getty Images

Kenan Yildiz jarohati sababli uzoq muddatga safdan chiqishi mumkin.

«Yuventus» vingeri A Seriyaning 1-turidan o‘rin olgan «Frozinone»ga qarshi o‘yinda (1:0) oyog‘idan jarohat oldi. Bugun u klub tibbiy markazida ko‘rikdan o‘tdi. Tekshiruv natijalari «keksa senyora» vakillarida xavotir uyg‘otgan.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, 21 yoshli turk taxminan ikki oy maydonga tusha olmasligi mumkin. Jarohatni davolash uchun operatsiya qilish ehtimoli ham istisno qilinmayapti.

Yildiz o‘tgan mavsumda A Seriyada 36 ta bahsda maydonga tushib, 10 ta gol va 6 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar