Bugun
51
O'zbek

«Arsenal» yulduz uchun 100 mln yevro taklif qilmoqchi

Futbol
20 avgust, 00:35
Turinliklar esa Kenanni sotilmaydigan futbolchi deb hisoblamoqda.
«Arsenal» yulduz uchun 100 mln yevro taklif qilmoqchi
Foto: Getty Images

«Arsenal» «Yuventus» futbolchisi Kenan Yildizga jiddiy qiziqish bildirmoqda va uning transferi uchun qariyb 100 million yevro taklif qilishga tayyor. Bu haqda Tuttosport xabar berdi.

«To'pchilar»ning turkiyalik yulduzga qiziqishi haqida avval ham ko'p marta xabarlar tarqalgan edi, ammo hozirgacha rasmiy taklif yo'llanmagan.

Transfermarkt portaliga ko'ra, Kenanning narxi 75 million yevroni tashkil qiladi. Universal futbolchi vinger va hujumchi ortidagi yarimhimoyachi kabi pozitsiyalarda o'ynay oladi.

Ma'lumot o'rnida, Yildiz fevral oyida «Yuventus» bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirdi. Turinliklar esa uni sotilmaydigan futbolchi deb hisoblamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Yuventus Yuventus
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

30+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar