Bugun
51
O'zbek

«Tottenhem» «Siti»ning biryo‘la ikki futbolchisi transferi ustida ishlamoqda — Ornshteyn

Futbol
20 avgust, 06:30
Londonliklar Omar Marmush va Savinioni o‘z safiga qo‘shib olishni niyat qilgan.
«Tottenhem» «Siti»ning biryo‘la ikki futbolchisi transferi ustida ishlamoqda — Ornshteyn
Foto: Gettyimages

Londonning «Tottenhem» klubi «Manchester Siti»ning hujum chizig‘i vakillari transferi ustida ish olib bormoqda. Insayder Devid Ornshteyn o‘zining X tarmog‘idagi sahifasida xabar berishicha, jamoa vinger Savinio va Omar Marmushni o‘z safida ko‘rish istagida.

Manbaning xabariga ko‘ra, «Tottenhem» 22 yoshli braziliyalik va 27 yoshli misrlik futbolchini hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun kerakli o‘yinchilar deb hisoblaydi. Bu masalada «Manchester Siti» bilan muzokaralar davom etmoqda.

Avvalroq «Tottenhem» «Byornli»dan darvozabon Martin Dubravkani, himoyachilar Yan Paul van Xekke («Brayton»), Markos Senesi («Bornmut»), Endryu Robertson («Liverpul»), yarimhimoyachilar Mateush Fernandesh («Vest Hem») va Sandro Tonali («Nyukasl»)ni o‘z tarkibiga qo‘shib olgan edi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar