Bugun
51
O'zbek

«Aston Villa» Uotkinsni jamoada olib qolmoqchi

Futbol
20 avgust, 04:40
Hozirda «Al Hilol» Olliga qiziqish bildirishda davom etmoqda.
«Aston Villa» Uotkinsni jamoada olib qolmoqchi
Foto: Getty Images

«Aston Villa» Olli Uotkinsni jamoada olib qolmoqchi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, «sherlar» bosh murabbiyi Unai Emeri yozgi transfer oynasida Uotkinsni qo'yib yubormoqchi emas. Biroq hujumchi klub bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan, ammo «Aston Villa» unga yana yangi taklif bilan chiqqan.

Hozirda Uotkinsga Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubi qiziqish bildirishda davom etmoqda. Biroq saudiyaliklarga Birmingham jamoasini ko'ndirish juda qiyin bo'ladi.

Futbolchining o'zi ham hozircha kelajagi borasida bir qarorga kelmagan va shu bilan birga, turli variantlarni ko'rib chiqishga tayyor.

Ma'lumot o'rnida, 30 yoshli Uotkins o'tgan mavsum barcha turnirlarda 55 ta o'yinda ishtirok etib, 21 gol urdi va 5 assist amalga oshirdi. Avvalroq «Al Hilol» Uotkins uchun «Aston Villa»ga 45 million yevrolik taklif yuborgani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
  • Al-Hilal Al-Hilal
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar