Bugun
51
O'zbek

Tayson Fyuri va Entoni Joshua 20 noyabr kuni Nyu-Yorkda jang qiladi — manba

Boks
20 avgust, 03:00
Avvalroq ushbu jang 2027 yilga koʻchirilishi mumkinligi ma'lum qilingandi.
Tayson Fyuri va Entoni Joshua 20 noyabr kuni Nyu-Yorkda jang qiladi — manba
Foto: DAZN

Tayson Fyuri va Entoni Joshua 20 noyabr kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tadigan jang uchun shartnoma imzoladi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Jang juma kuni o'tkaziladi. Bu NFL musobaqasi o'yinlari bilan bir vaqtda to'g'ri kelmaslik uchun qilinganini aytilmoqda.

Ma'lumot o'rnida, Fyuri hisobida 36 g'alaba, 2 mag'lubiyat va 1 durang bor. Joshua esa 30 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan.

Avvalroq Fyuri va Joshua o'rtasidagi jang 2027 yilga ko'chirilishi mumkinligi ma'lum qilingan edi. Dastlab jangni Londonda o'tkazish varianti ko'rib chiqilgani ham aytilgandi.

Bugungi yangiliklar