Bugun
51
O'zbek

Mudrikning "Chelsi"da qaysi raqamni tanlagani ma'lum bo'ldi

Futbol
20 avgust, 05:15
Pedro londonliklar safida 9, Rojers esa 17-raqamli liboslarda harakat qiladi.
Mudrikning "Chelsi"da qaysi raqamni tanlagani ma'lum bo'ldi
Foto: Getty Images

"Chelsi" yangi mavsum uchun asosiy tarkib futbolchilarining raqamlarini rasmiy e'lon qildi.

Ro'yxatdan 25 yoshli ukrainalik vinger Mixail Mudrik ham o'rin oldi. Londonliklar futbolchi uchun yana bir raqam o'zgarishini tayyorlagan.

Yangi mavsumda Mudrik 33-raqamda o'ynaydi. "Chelsi"ga o'tganidan so'ng Mudrik avval 15-raqamda harakat qilgan, keyin esa jamoaning nufuzli 10-raqamini olgandi. Shu tariqa, 33-raqam Mudrikning "Chelsi"dagi uchinchi raqami bo'ladi.

Jamoaning boshqa futbolchilarida ham o'zgarishlar bo'ldi. O'tgan mavsumda "Chelsi"ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Joao Pedro 9-raqamni oldi, Uesli Fofana esa 3-raqamda o'ynaydigan bo'ldi. Yozgi transfer oynasida jamoaga qo'shilgan Morgan Rojers esa 17-raqamda maydonga tushadi.

Avvalroq Mudrik 615 kundan so'ng ilk bor "Chelsi" safida maydonga tushgani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar