"Chelsi"ning to'rt nafar futbolchisi asosiy jamoadan alohida tarzda mashg'ulot o'tkazmoqda.
Sky Sports xabariga ko'ra, himoyachilar Aksel Disasi va Tosin Adarabioyo, hujumchilar Nikolas Jekson hamda Liam Delapning klubdagi kelajagi hozircha noaniq bo'lib turibdi.
Manbaga ko'ra, mazkur futbolchilar asosiy jamoadan alohida guruhda shug'ullanmoqda. Biroq ular o'tgan yili Rahim Sterling bilan yuzaga kelgan vaziyatdan farqli ravishda, klubning asosiy infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatiga ega.
Xabar qilinishicha, alohida mashg'ulot o'tkazayotgan futbolchilar ham asosiy tarkib a'zolari bilan bir vaqtda mashg'ulot olib boradi. Ularning kelajagi transferlar oynasi yakunlanguniga qadar hal qilinishi kutilmoqda.
"Chelsi" vaziyatni diqqat bilan nazorat qilmoqda. Bu holat FIFA tomonidan yozda joriy etilgan, klublarga o'z rejalariga kiritilmagan futbolchilarni jamoadan sun'iy ravishda ajratib qo'yishni amalda taqiqlovchi yangi qoidalar fonida yuzaga kelmoqda.