Bugun
51
O'zbek

«Barsa» Kundeni 80 mln yevrodan kamiga sotmaydi

Futbol
20 avgust, 02:30
Hozirda «Chelsi» himoyachi transferini jiddiy ko'rib chiqishga tayyor.
«Barsa» Kundeni 80 mln yevrodan kamiga sotmaydi
Foto: Getty Images

«Barselona» Jül Kundega «Chelsi» tomonidan qiziqish bildirilgach unga 80 million yevro narx belgiladi. Bu haqida El Nacional xabar berdi.

«Ko'klar» Malo Gyustoning «Manchester Siti»ga transferi yakunlangan taqdirda, Kunde transferini jiddiy ko'rib chiqishga tayyor. «Ko'k-anorranglilar» esa bu yozda Jülning 80 million yevrodan kamroq summaga ketishiga yo'l qo'ymoqchi emas.

Ma'lumot o'rnida, fransiyalik futbolchining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ayni vaqtda himoyachining narxini 60 million yevro deb baholamoqda.

Avvalroq «Liverpul» Kunde uchun 80 million yevro taklif qilishga tayyor ekani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Chelsi Chelsi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar