“Barselona” himoyachisi Jyul Kunde klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda El Mundo Deportivo xabar berdi.
Frantsiyalik futbolchiga “Liverpul”, “Manchester Siti” va “Chelsi” qiziqish bildirmoqda. Hususan, mersisaydliklar himoya chizig'ini yanada ishonchli futbolchi bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda, chunki Jeremi Frimpong ko'proq hujumga moyil o'yin namoyish etadi.
Ma'lum qilinishicha, “qizillar” Kunde uchun taxminan 80 million yevro taklif qilishga tayyor. Kataloniya klubida esa 27 yoshli futbolchi yuqori baholanadi va rahbariyat uni saqlab qolishni istaydi.
Shunga qaramay, agar transfer amalga oshsa, “Barselona” tushgan mablag'ni tarkibni kuchaytirishga yo'naltirmoqchi. Qisqa ro'yxatda “Atletiko” hujumchisi Xulian Alvares va “Inter” himoyachisi Alessandro Bastoni bor.
Kunde o'rniga esa “ko'k-anorranglilar” Joau Kanselu bilan shartnomani uzaytirish yoki “Yuventus” himoyachisi Andrea Kambiassoni sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Avvalroq “Real” Kundega jiddiy qiziqish bildirilgani ma'lum qilingandi.