Bu haqda L’Equipe nashri xabar berdi.
«PSJ» o‘z futbolchisini yozda sotishga oshiqmayapti, ammo 150 mln yevro miqdoridagi taklif vaziyatni o‘zgartirishi mumkin.
Manbaning xabariga ko‘ra, 23 yoshli Barkolaga Angliyaning «Liverpul» va «Arsenal» klublari qiziqish bildirmoqda. Biroq «PSJ»ning tutgan o‘rnidan kelib chiqsak, futbolchi kelajagi borasidagi savol yozning oxirigacha ochiq qolishi mumkin.
O‘tgan mavsum Barkola klub safida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma yetkazib berdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali Bredlining aktual transfer narxini 70 mln yevroga baholamoqda.