Bugun, 17-iyul kuni Superligada 12-tur bahslari davom ettiriladi.
Ushbu bellashuvlarda "Paxtakor" va "Navbahor" klublari O'zbekiston yuqori divizionidagi yubiley o'yinlarini o'tkazishadi.
"Lokomotiv"ga qarshi bahs "sherlar" uchun, OKMK bilan bellashuv esa namanganliklar uchun chempionatdagi 1000-o'yinga aylanadi.
Faqat shu ikki klub muntazam ravishda yuqori ligada o'ynab, hech qachon Proligaga — ikkinchi divizionga tushib ketmagan.
Ma'lumot uchun, "Paxtakor" 16 karra O'zbekiston chempioni sanaladi. "Navbahor" esa bir bor — 1996-yili mamlakatning tengsiz klubiga aylangan.
"Paxtakor" va "Navbahor" Superligadagi 1000-o'yinini o'tkazadi
Futbol
17 iyul, 04:15
O'zbekiston yuqori divizionida muntazam qatnashib kelayotgan ikki klub bugun yubiley o'yinda maydonga tushadi.
Foto: FC Pakhtakor
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi