"Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Andres Kuanka faoliyatini Italiya chempionatida davom ettiradi.
Ispaniyalik 19 yoshli himoyachi "Komo" klubi bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
"Andres Kuanka — ajoyib texnik mahorati, kuchli jismoniy tayyorgarligi va katta salohiyatga ega yosh himoyachi. U zamonaviy futbol talablariga javob beradi, to'p bilan ishlashda o'zini erkin his qiladi va hujumlarni ishonchli boshlay oladi. Loyihamiz doirasida u yanada katta o'sishga erishishiga ishonamiz. Uni "Komo"da ko'rib turganimizdan juda mamnunmiz", — dedi jamoa bosh murabbiyi Sesk Fabregas.
Kuanka 2025/2026 yilgi mavsumning ikkinchi qismini Xixonning "Sporting" klubida o'tkazgan.