Bugun
18
O'zbek

Bouen: "Maqsadimiz yana Premer-ligaga qaytish"

Futbol
17 iyul, 15:20
"Vest Hem" sardori jamoada qolganini tasdiqladi.
Bouen: "Maqsadimiz yana Premer-ligaga qaytish"
Фото: Getty Images

"Vest Hem" sardori Jarrod Bouen jamoaning asosiy maqsadi yana Angliya Premer-ligasiga qaytish ekanini ma'lum qildi.

"Bu klub men uchun juda qadrli. Shu yerda qolaman va jamoani yana Premer-ligaga olib chiqishni istayman. Maqsadimiz aniq. Biz yana elitaga qaytmoqchimiz", - dedi Bouen.

Qayd etilishicha, angliyalik 29 yoshli futbolchiga bir qator jamoalar qiziqish bildirganiga qaramay, u "bolg'achilar"da qolishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, "Vest Hem" o‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra Premer-ligani tark etib, Chempionshipga tushib ketgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Vest Hem Vest Hem
Bugungi yangiliklar