Live
1
O'zbek

Rasman: Obameyang – "Deportivo" futbolchisi

Futbol
17 iyul, 17:00
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, hujumchining bozor qiymati hozirda 2,5 million yevroni tashkil etadi.
Rasman: Obameyang – "Deportivo" futbolchisi
Фото: Getty Images

"Deportivo" klubi hujumchi Per-Emerik Obameyang transferini e'lon qildi.

Gabonlik 37 yoshli futbolchi La Ligaga qaytgan klub bilan 2028 yil yozigacha mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi.

Per o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, hujumchining bozor qiymati hozirda 2,5 million yevroni tashkil etadi.

Faoliyati davomida Obameyang "Lill", "Monako", "Sent-Etyen", "Borussiya D", "Arsenal", "Barselona", "Chelsi", "Marsel" va yana bir qator klublar sharafini himoya qilgan.

Eslatib o'tamiz, "Deportivo" o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Segundadan La Ligaga yo'llanmani qo'lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Deportivo de A Coruna Deportivo de A Coruna
Bugungi yangiliklar