Bugun
18
O'zbek

Gosens ijaraga asosida «Shalke-04»ga o'tdi

Futbol
17 iyul, 14:57
31 yoshli Gosens Germaniya va Niderlandiya futbol maktablari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Gosens ijaraga asosida «Shalke-04»ga o'tdi
Фото: Shalke FC

Germaniyalik qanot himoyachisi Robin Gosens «Fiorentina»dan ijaraga asosida «Shalke-04» safiga qo'shildi. Bu haqida nemis klubining rasmiy sayti xabar berdi.

Tomonlar o'rtasidagi ijara shartnomasida ma'lum shartlar bajarilgan taqdirda futbolchini to'liq sotib olish imkoniyati ham nazarda tutilgan.

Ma'lumot uchun, 31 yoshli Gosens Germaniya va Niderlandiya futbol maktablari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U professional faoliyati davomida «Vitess», «Atalanta», «Inter», «Union» hamda boshqa qator klublar safida to'p tepgan.

O'tgan mavsumda u barcha turnirlarda 36 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Gosensning bozor qiymati hozirda 4 million evroni tashkil etadi.

Bugungi yangiliklar