The Athletic nashri 2026 yildagi Jahon chempionatida ishtirok etayotgan eng yaxshi futbolchilarning yangilangan reytingini taqdim etdi.
Yarimfinal bellashuvlaridan keyin ham Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi reytingda birinchi o'rinni saqlab qoldi.
Ikkinchi pog'onani Fransiya milliy jamoasi forvardi Kilian Mbappe egallagan bo'lsa, uchinchi o'ringa ispaniyalik yarimhimoyachi Rodri ko'tarildi. U avvalgi reytingga nisbatan 15 pog'ona yuqorilagan.
Turnirning eng yaxshi 10 futbolchisi reytingi quyidagicha:
10. Usmon Dembele (Fransiya; avvalgi reytingga nisbatan −3 o'rin).
9. Maykl Olise (Fransiya; −3 o'rin).
8. Pau Kubarsi (Ispaniya; +3 o'rin).
7. Emerik Laport (Ispaniya; +3 o'rin).
6. Erling Holand (Norvegiya; −1 o'rin).
5. Harri Keyn (Angliya; −1 o'rin).
4. Jud Bellinghem (Angliya; −1 o'rin).
3. Rodri (Ispaniya; +15 o'rin).
2. Kilian Mbappe (Fransiya; o'z o'rnini saqlab qoldi).
1. Lionel Messi (Argentina; o'z o'rnini saqlab qoldi).
JCH-2026ning eng yaxshi o'yinchilari reytingi yangilandi — Messi hamon birinchi, Rodri 15 pog'onaga yuqoriladi (top-10)
Futbol
17 iyul, 03:40
Keyn, Bellinghem va Dembeleda pasayish, Mbappe esa o'rnini saqlab qoldi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi