Pablo Sabaleta O‘z vaqtida Argentina milliy jamoasi sharafini himoya qilgan sobiq futbolchi jamoa yetakchisi Lionel Messi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Sobiq himoyachi Messining mashg‘ulotlardagi harakatlarini yodga oldi. Sabaletaning so‘zlariga ko‘ra, barcha hujumi bilan bir jamoada bo‘lishni istagan. Bu amalda raqib ustidan g‘alabani kafolatlardi.
«Ammo agarda sen unga qarshi o‘ynashingga to‘g‘ri kelib qolsa – bu umuman boshqa masala. U hayotingni do‘zaxga aylantirardi. Bunday darajadagi futbolchini hali juda yoshligidan kuzatish hammaga ham nasib qilavermaydigan imtiyoz edi. U chinakamiga kuchli taassurot qoldirardi», - deya Pabloning so‘zlaridan iqtibos keltirdi FIFA rasmiy sayti.
Amaldagi jahon chempionlari AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tayotgan mundial finalida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, 39 yoshli Messi ushbu musobaqada 8 ta gol urdi va 4 ta assist qayd etdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi