Bugun
18
O'zbek

Angliya futbolchilari Tuxelning Argentina bilan oʻyindagi oʻzgartirishlaridan hayratda qolishdi

Futbol
17 iyul, 02:35
Ularning fikricha, zahiradan himoyachilarni emas, vingerlarni maydonga tushirish kerak edi.
Angliya futbolchilari Tuxelning Argentina bilan oʻyindagi oʻzgartirishlaridan hayratda qolishdi
Foto: Getty Images
15.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Angliya Angliya 1 : 2 Argentina Argentina

Angliya milliy jamoasi futbolchilari bosh murabbiy Tomas Tuxelning 2026 yildagi Jahon chempionati yarimfinalidan oʻrin olgan Argentinaga (1:2) qarshi oʻyinda jamoa hisobda oldinga chiqqandan keyin kiritgan oʻzgartirishlaridan hayratda qolishgan.

Nemis mutaxassisi Entoni Gordonning ikkinchi bo'lim oʻrtasida urgʻan golidan soʻng maydonga uch nafar himoyachini tushirdi. Natijada Argentina bahs oxirida ikkita gol urib, 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.

The Telegraph maʼlumotiga koʻra, Tuxelning himoyaviy almashtirishlari Angliyaning ayrim futbolchilarini hayratga solgan. Ular Gordonning golidan keyin Argentina zaif holatda qolgani va tezkor futbolchilarni maydonga tushirish orqali qarshi hujumlarda raqibni jazolash mumkin deb hisoblashgan. Bunday variantlar qatorida Bukayo Saka, Olli Uotkins va Noni Madueke bor edi, ammo ular zahira oʻrindigʻida qolishdi.

Shuningdek, koʻpchilik Markus Reshford va Ayven Tounining Argentina hisobda oldinga chiqqanidan 4 daqiqa oʻtgachgina maydonga tushganidan hayratlanishgan.

Bundan tashqari, Tuxel yarimhimoyachi Deklan Rays oʻrniga himoyachini emas, balki boshqa yarimhimoyachini tushirishi kerak edi, degan fikrlar ham bor. Enso Fernandes aynan odatda Rays yoki boshqa tayanch yarimhimoyachisi nazorat qiladigan hududdan zarba berib gol urdi.

Jamoaga yaqin manba: «Hech kim nima boʻlayotganini tushuna olmadi», — degan. Yana bir manba esa: «Tuxel aynan pley-off oʻyinlarida jamoani boshqara olish qobiliyati uchun taklif qilingan edi, ammo bu safar u xatoga yoʻl qoʻydi», — deb aytgan.

Taʼkidlanishicha, magʻlubiyatga qaramay, Tuxel Angliya Futbol Assotsiatsiyasi ijrochi direktori Mark Bullinghem tomonidan qoʻllab-quvvatlanishda davom etmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

40+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar