Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel 2026 yildagi Jahon chempionati yarimfinali doirasida Argentinadan (1:2) uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
Germaniyalik mutaxassisning aytishicha, mag'lubiyatga asosiy sabab taktik qarorlar emas, balki ingliz futbolining o'ziga xos xususiyatlaridir.
«O'sha paytda menda dunyodagi hech qanday taktik sxema bizga yordam bera olmaydi, degan his paydo bo'ldi. Chunki biz juda passiv o'ynadik va jismoniy jihatdan ham yetarlicha kuchli emasdik. Jamoa jarima maydonimizga yorib kirayotgan raqiblarni to'xtata olmadi, uzatmalarimiz esa aniq chiqmedi.
Hali statistik ma'lumotlarni ko'rmadim, ammo o'ylashimcha, goldan keyin o'yinning borishi keskin o'zgardi va to'pga egalik qilish ko'rsatkichimiz sezilarli darajada pasaydi. Havodagi to'plar uchun kurasha olmadik va shu sababli tobora chuqur himoyaga chekindik. Bu rejamizda yo'q edi, ammo vaziyat shunday kechdi.
Ikkinchi to'lqindan hujumga qo'shilayotgan yarim himoyachilarni to'xtata olmadik, ular himoyamizdagi bo'shliqlardan ustalik bilan foydalanishdi. Raqibning uzatmalari esa eng yuqori darajada edi. Biz to'pni qayta nazoratga olishimiz kerak edi, aks holda pressingdan chiqib ketish va tashabbusni o'z qo'limizga qaytarishning iloji yo'q edi.
Menimcha, to'pga egalik qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ehtimol, bu jihat ispanlar, argentinaliklar va braziliyaliklar futbolidagi kabi bizning futbol DNK'mizga singmagan. Ular to'pni nazorat qilib, o'yinni aynan to'pga egalik orqali boshqarishni yaxshi bilishadi», — dedi Tuxel Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Tuxel: "Chekinish rejamizda yo'q edi. Ammo Angliyaning DNK'siga to'pga egalik qilish qobiliyati singmagan"
Futbol
16 iyul, 23:20
Inglizlar ustozining fikricha, mag'lubiyatga sabab taktik qarorlar emas.
Foto: Getty Images
15.07.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Angliya
1
:
2
Argentina
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi