«Chelsi» klubining sobiq yarimhimoyachisi Jo Koul Angliya milliy jamoasini nemis mutaxassisi Tomas Tuxel boshqarayotganidan noroziligini bildirdi.
Inglizlar 2026 yildagi Jahon chempionati yarimfinalida Argentinaga 1:2 hisobida mag'lub bo'lishdi.
«Men Tomas Tuxelning «Chelsi»dagi murabbiy sifatidagi faoliyatini va klubda amalga oshirgan ishlarini juda yoqtirganman. Menimcha, u — ajoyib mutaxassis. Ammo Angliya milliy jamoasini nemis murabbiy boshqaraёtganiga oid fikr meni hech qachon tark etmagan.
Biz Angliya emasmizmi? Menimcha, jamoani ingliz murabbiy boshqarishi kerak. Biz aynan shu maqsad sari intilishimiz lozim deb o'ylayman. Ba'zi kichikroq futbol mamlakatlari uchun esa rivojlanishga yordam berish maqsadida xorijlik mutaxassisni taklif qilish — mutlaqo normal holat», — dedi Koul The Rest Is Football podkastida.
Jo Koul: «Angliyani ingliz murabbiy boshqarishi kerak. Xorijlik mutaxassisga ishonish kichikroq futbol davlatlariga xos»
Futbol
17 iyul, 04:35
«Chelsi» sobiq yarimhimoyachisi milliy jamoani mahalliy murabbiy boshqarmayotganidan norozilik bildirdi.
Foto: Getty Images
15.07.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Angliya
1
:
2
Argentina