Bugun
18
O'zbek

Makallister: «Messi 39 yoshida ham maydonda farq qilib bermoqda. Umid qilamiz, u hali uzoq vaqt milliy jamoada to‘p tepadi»

Futbol
17 iyul, 14:15
Yarimhimoyachi Argetina milliy jamoasi hujumchisi va yetakchisining ahamiyati haqida gapirdi.
Makallister: «Messi 39 yoshida ham maydonda farq qilib bermoqda. Umid qilamiz, u hali uzoq vaqt milliy jamoada to‘p tepadi»
Foto: Getty Images
19.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya - : - Argentina Argentina

Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisi Aleksis Makallister hujumchi va sardor Lionel Messining butun jamoa uchun ahamiyati haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 finalida Argentina 19 iyul kuni Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.

– Messi 39 yoshida yana bir mundial finalida maydonga tushadi. Uni yanada ko‘proq vaqt milliy jamoada qolishga ko‘ndirishga urinib ko‘rmayapsizlarmi?
– Bu ancha qiyin vaziyat. Oxir-oqibat bu uning shaxsiy ishi. U yakuniy qarorga kelganmi yoki yo‘q, bilmayman.

Ammo agar Leo hali ham bir qarorga kelmagan bo‘lsa, biz doim u shu yoshida ham maydonda farq qilayotganini aytamiz. Bu biz uchun juda muhim. Messi bilan birga o‘ynash biz uchun ko‘p narsa, degani. Umid qilamizki, u iloji boricha uzoq qoladi, lekin amalda nima bo‘lishini ko‘ramiz, — deya Makallister so‘zlaridan iqtibos keltirdi DSPORTS.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar