"Manchester Siti" va "Barselona" klublarining sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Ispaniya milliy jamoasi JCH-2026 finalida Argentinani qaysi omillar evaziga mag'lub etishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
"Men har doim o'zimga yoqadigan futbolchilar o'ynaydigan jamoalarga muxlislik qilaman. Agar Argentina g'alaba qozonsa, u yerda ham men bilan ishlagan futbolchilar bor va ular uchun xursand bo'laman. Fransiya haqida ham xuddi shunday fikrdaman. Portugaliyada ham men o'yinidan zavq oladigan futbolchilar bor.
Agar Rodri Pedri bilan birga markazda ustunlik qila olsa va Lamin Yamal o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsata olsa, Ispaniya kerakli farqni yarata oladigan jamoaga aylanishi mumkin", — deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi AS.
JCH-2026 final bahsi Argentina va Ispaniya milliy jamoalari o'rtasida 19 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Ispaniya Argentinani nimaning hisobiga yengishi mumkin? Pep javob berdi
Futbol
17 iyul, 04:55
Ispaniyalik mutaxassis JCH-2026 finali oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
Foto: Getty Images
19.07.2026, 15:00
Jahon chempionati (JCH-2026)
Ispaniya
-
:
-
Argentina
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi