Bugun
18
O'zbek

Mbappe: «Biz Desham uchun ham eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz»

Futbol
17 iyul, 10:06
Fransiyalik forvard jahon chempionati bronza medallari uchun o‘yin haqida gapirdi.
Mbappe: «Biz Desham uchun ham eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz»
Foto: Getty Images
18.07.2026, 17:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya - : - Angliya Angliya

Fransiya milliy jamoasi yetakchisi Kilian Mbappe jahon chempionatining bronza medallari uchun o‘yini haqida gapirdi.

Ushbu bahsda fransuzlarga yarimfinalda Argentinaga imkoniyatni boy bergan Angliya milliy jamoasi raqib bo‘ladi.

Ushbu bellashuv oldidan Mbappe jamoa bosh murabbiyi Didiye Desham haqida iliq fikrlar bildirdi.

«Fransuz xalqi uchun Didiyening ahamiyati borasida hech narsa o‘zgargani yo‘q. Murabbiy sifatida, o‘yinchi sifatida - u ajoyib tarix yoza oldi. Uning yana bitta o‘yini qoldi. Biz eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz, chunki Desham shunga arziydi. Shuningdek, muxlislarimiz ham g‘alaba hamda uchinchi o‘ringa munosiblar», - deya Mbappe so‘zlaridan iqtibos keltirdi Yahoo Sports.

Fransiya - Angliya o‘yini 19 iyul kuni Toshkent vaqti bilan tunda 02:00da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar