Bugun
48
O'zbek

Tuxel: «Angliya ham Fransiya kabi 3-o‘rin uchun o‘yinda maydonga tushishni xohlamaydi»

Futbol
16 iyul, 16:55
Inglizlar ustozi JCh-2026 doirasidagi 3-o‘rin uchun bahsning ahamiyati haqida gapirdi.
Tuxel: «Angliya ham Fransiya kabi 3-o‘rin uchun o‘yinda maydonga tushishni xohlamaydi»
Foto: Getty Images
18.07.2026, 17:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya - : - Angliya Angliya

Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel JCh-2026 doirasida Fransiyaga qarshi 3-o‘rin uchun bo‘lib o‘tadigan o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Inglizlar yarimfinalda Argentinaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lishgan bo‘lsa, Fransiya Ispaniyaga 0:2 hisobida yutqazdi.

«Biz o‘zimizdan doimo eng yuqori natijani talab qilamiz — bu g‘alaba uchun kurashadigan insonlarning tabiati. Shuning uchun ham bo‘lajak o‘yinga munosabat boshqacha.

Futbolchilarimizdan hech biri xuddi fransuzlar kabi bu bahsda o‘ynashni istamaydi. Ular finalda maydonga tushishni xohlaydilar.

Finalga chiqish uchun bor kuchimizni sarfladik. Hamma Jahon chempionatida g‘olib chiqish uchun o‘ynaydi, ammo vaziyat shunday bo‘ldi. Ha, Fransiyaga nisbatan tiklanish uchun bir kun kamroq vaqtga egamiz, lekin baribir bellashuvga to‘liq professional tarzda tayyorganamiz»
, — dedi germaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida.

Angliya va Fransiya o‘rtasidagi 3-o‘rin uchun o‘yin 18 iyul kuni o‘tkaziladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar